Yangi Lamborghini superkarining suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 00:02 / 19.02.2016 9298

TF1 nashrida Lamborghini superkarining patent suratlari paydo bo‘ldi. Suratlarda Centenario (LP770-4 V12) ekstremal kupesi tasvirlangan bo‘lib, mashina italyan markasi asoschisi Ferruchcho Lamborgini tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab chiqariladi. 

Avtomobil haqida rasmiy tarzda e'lon qilinmagan, lekin uning tez orada yaratilishi o‘tgan yilning sentabr oyida OAVda ma'lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, mashina cheklangan miqdorda, ya'ni 20 dona ishlab chiqariladi. Mashinaning narxi million yevroga baholanmoqda.

Aniqlangan ma'lumotga ko‘ra, adad 40 ta mashina – 20 ta kupe va 20 ta rodsterni o‘z ichiga oladi.

Kompaniya yanvar oyida Centenario (LP770-4 V12)ga buyurtmalar qabul qilishni to‘xtatdi. Birinchi partiyadagi barcha mashinalar sotib olindi. Bir avtomobil narxi 2,2 million yevroni tashkil qilgan.

Taxminlarga ko‘ra, mashina Aventador–LP750-4 SV (SuperVeloce) modifikatsiyasi asosida tayyorlanadi. Yangi model 12 silindrli 6,5 atmosferali, 750 ot kuchidan 770 ot kuchigacha oshirilgan dvigatel bilan jihozlanadi. Kupe birinchi “yuzlikka” 2,7 soniyada, ya'ni SuperVeloce dan 0,1 soniya tezroq yeta oladi. Maksimal tezlik bir soatda 350 kilometrdan oshadi.

Lamborghini Centenario (LP770-4 V12) mart oyida Jyeneva avtosalonida ommaga ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: