Noma'lum xakerlar Qozog‘iston aloqa operatori Tele2‘ning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntini buzib kirishdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonot bergan.
Akkaunt kecha kechga yaqin buzib kirilgan. Akkaunt orqali yuziga niqob taqib olgan bola o‘z videomurojaatini joylashtirgan. Hozirda kompaniya ijtimoiy tarmoq ma'muriyati bilan mazkur masala yuzasidan muzokara olib bormoqda.
Tele2 bergan ma'ulmotga ko‘ra, mazkur ish kompaniya raqobatchilarining buyurtmasiga asosan qilingan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Tele2‘ning Instagram‘dagi sahifasida 12,6 ming nafar obunachi bor.