Twitter va Facebook kompaniyalari Apple’ning kaliforniyalik mergan telefonini ochib berishdan bosh tortganini qo‘llab-quvvatlashdi

Jahon 08:48 / 19.02.2016 2270

Twitter mikrobloglar tarmog‘i asoschisi va rahbari Jyek Dorsi Federal qidiruvlar byurosiga san-bernardinolik terrorchining mobil telefonini ochib berishda yordam berishdan bosh tortgan Apple kompaniyasi rahbari Tim Kukni qo‘llab-quvvatladi.

"Biz Tim Kuk va Apple’ni qo‘llab-quvvatlaymiz (va yetakchiligi uchun unga rahmat!)", deb yozdi Dorsi o‘zining sahifasida va Apple’ning telefonni buzib kirish bilan bog‘liq vaziyatga bildirgan bayonotiga havola berdi.

O‘z navbatida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida hukumatning bunday so‘rovlarini faqatgina bu so‘rovlar qonuniy bo‘lsagina bajarilishi aytildi, deb xabar bermoqda Mashable portali.

"Shunga qaramay, biz kompaniyalarga o‘z tizimlari xavfsizligini yumshatish bo‘yicha talablarga qarshi qattiq kurashishda davom etamiz", deb aytdi Facebook matbuot kotibi.

U bunday talablar xavfli o‘rnak bo‘lishi mumkinligi va kompaniyalarning o‘z mahsulotlarini himoya qilish bo‘yicha sa'y-harakatlariga to‘sqinlik qilishini ta'kidladi.

Avvalroq Google ham Apple’ni bu borada qo‘llab-quvvatlagandi.

Avvalroq Oq uy Apple’ga terrorchining telefonini ochib berishda yordam berishdan bosh tortgani sababli federal idoralarga yordam berishini so‘rab murojaat qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: