Tramp Rim papasining u haqda aytgan so‘zlarini "isnodli" deb atadi

Jahon 01:23 / 19.02.2016 6949

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Rim papasi Frantsisk IShID jangarilari Vatikanga hujum qilganda Trampni AQSh prezidenti lavozimida ko‘rishni istab qolishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Agar IShID hozirda o‘zi uchun bosh o‘lja bo‘lgan Vatikanga hujum qilsa, men va'da beramanki, papa Donald Tramp prezident bo‘lishini orzu qilib, iltijo qiladi", deb aytdi Tramp.

Tramp pontifikning o‘ziga bildirilgan munosabatini "isnodli" deb atadi. Tramp buni Rim papasining u haqda aytgan so‘zlari javoban aytdi. Papa Trampning migratsiya bo‘yicha fikri uchun uni nasroniy deb bo‘lmasligini aytgandi

Ko‘proq yangiliklar: