Toshkentdagi taksi haydovchilari qaytim o‘rniga gugurt qaytarayotgani kinoyalarga sabab bo‘ldi

Jamiyat 20:58 / 19.02.2016 7573

Bozorlarda 100 yoki 200 so‘mlik qaytim o‘rniga gugurt, konfet yoki saqich berishlari ko‘p kuzatiladi. Biroq endi yo‘nalish taksilarida ham ushbu “odat” kuzatilmoqda.

Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi ishtirokchilaridan biri ma'lum qilgan.

“Hayratdaman! “Do‘konlarning fishka”si - qaytim o‘rniga gururt berish endi marshrutkalarda ham”, - deb yozadi iste'molchi.

Guruh ishtirokchilari ushbu mavzu yuzasidan kinoya tarzida gugurtlarni to‘plab, ularni non olish yoki yo‘l kira uchun to‘lashga ishlatish taklifini bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: