Rossiyalik dizayner qog‘ozdan qozoqcha to‘y liboslarini yasadi

Jamiyat 10:14 / 19.02.2016 6484

Rossiyaning Tosno shahrida yashovchi dizayner Asya Kozina Ostonada bo‘lib o‘tadigan shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ko‘rgazmada uning qozoq milliy to‘y liboslarining badiiy talqini bo‘lgan 5ta kostyumi namoyish etiladi.

Qiziqarli jihati, bu liboslari qog‘ozdan yaratilgan bo‘lib, ular o‘zining jozibasi bilan kishini hayratga soladi.

Kozinaning ilk ko‘rgazmasi Ukrainada 2008 yili bo‘lib o‘tgan. U o‘z ishini avvaliga kichik hajmdagi qo‘g‘irchoqlar yasashdan boshlagan.

“Qog‘ozlar rang va soyalarga tiniq, toza va chiroyli ifoda beradi. Katta kostyumlarni yaratishda men vatmandan foydalanaman, kichik qo‘g‘irchoqlar uchun esa oddiy oq qog‘ozlarni ishlataman. Bitta ish uchun bir oy vaqt ketadi”, - deydi ijodkor.

Ikki metrlik "tanalar" Asya asarlarining ramziga aylanib, mashhurlikka erishdi. Dizayner asosan go‘zal oqshom liboslaridan, tarixiy ko‘ylaklardan ilhom oladi. Asyani Qozog‘istondagi ko‘rgazmadan so‘ng Moskvadagi galereyalaridan birida katta hamkorlik ishi kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: