Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligi xabar tarqatgan.
18 fevral kuni Tojikiston TIV rahbari o‘rinbosari Parvez Davlatzoda va Qirg‘izistonning Dushanbedagi elchisi Miroslav Niyozov Almazbek Atambayevning Tojikistonga rasmiy safar o‘tkazishi va tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qilishgan.
Tashrif muddatiga aniqlik kiritilmagan.
Almazbek Atambayev safari vaqtida Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kengaytirilishi masalasini muhokama qilishi aytilgan.