Hozirda hukumat topshirig‘iga binoan Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatidagi aeroport, vokzal, mehmonxona va boshqa sayyohlik obektlarida Wi-Fi zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqida Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rnibosari A.Fayzullayev “Darakchi” nashrida ma'lum qildi. Ular bilan tanishing:
Xorazm viloyatida: “Ichan qal'a” muzeyi, Urganch shahri aeroporti va Urganch shahri Markaziy temir yo‘l vokzali;
Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Abu Ubayda ibn al Jarroh” majmuasi, shahar O‘lkashunoslar muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Dorus-saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;
Surxondaryo viloyati: Termiz shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “Al-Hakim at-Termiziy avliyo ota” maqbarasi;
Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumson”, “Archazor”, “Kumushkon”, “Gornyak” MTMK, “Xo‘jakent” dam olish hududlari, Yangiobod Chotqol Marvarid” sayyohlik markazi.
To‘lov kartalari yordamida Wi-Fi tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha obektlarda internet xizmatidan foydalanish mumkin. Xizmatlarga ulanish va to‘lov kartalarini sotish “O‘zbektelekom” AK savdo ofislari, mehmonxona va sayyohlik obekti ma'muriyati tomonidan amalga oshirilmoqda.