Opel kompaniyasi kontseptual GT kupesi saloni fotosuratini chop etdi, uning premerasi Jyenevadagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi. Nemis avtomobilsozlari prototip "kelajak avtomobili intereri" haqida tasavvur beradi, deb aytishdi.
Kupe salonida umuman tugmalar va mexanik pereklyuchatellar yo‘q. Prototipda avtomobilga mustaqil ravishda ruldagi odamni unga individual sozlamalarni taqdim qilib tanishga imkon beruvchi innovatsion interfeys qo‘llangan.
Opel GT raqamli asboblar hamda old panelning chap va o‘ng tomonidan ikkita dumaloq monitor olgan, bu monitorlar aviatsion turbinalar stilida bajarilgan. Ularga ikkita orqa ko‘rinish kameralaridagi tasvir chiqariladi.
Opel GT 60-yillar oxirida chiqarilgan shunday nomdagi kichkina o‘lchamdagi sportkupe sharafiga yaratilgan. Og‘irligi 1000 kg ni tashkil qiluvchi prototip orqa g‘ildiraklar privodiga ega. Kupe to‘liq alyuminiydan ishlangan 3 silindrli 1 litr hajmli, 145 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan.
Kontsept-kar 0 dan "100" km tezlikkacha 8 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi soatiga 215 km ni tashkil qiladi.
Opel kompaniyasi GT’ni seriyali tarzda ishlab chiqarmoqchi emas. Kontsept nemis markasining bo‘lg‘usi avtomobillari olishi mumkin bo‘lgan stilistik va texnik yechimlarni ko‘rsatish uchun yaratilgan.