AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlari sababli unga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishga imkon beruvchi qonun loyihasini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQSh Senatining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Bob Korkerning aytishicha, bu qonun loyihasi doirasida Shimoliy Koreyaning o‘ziga hamda uning "ma'lum sohalardagi" korxonalarining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchilarga nisbatan majburiy tartibda sanksiyalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, AQSh ma'muriyati Shimoliy Koreya bilan bunday faoliyat yuritishda gumon qilinuvchi AQSh va xorijiy kompaniyalarga qarshi tergov o‘tkazishi lozimligi ta'kidlanmoqda.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreyaga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar kiritish noqonuniy ekanligini aytgandi.