Nazarboyeva: Qozog‘istonlik bolalar kichiklikdanoq tost aytib, qadah urishtirishni o‘rganib olishmoqda

Jamiyat 09:56 / 19.02.2016 3438

Qozog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda respublika bosh vaziri o‘rinbosari Dariga Nazarboyeva qozog‘istonlik maktab o‘quvchilarining salomatligi yomonlashib borayotganiga e'tibor qaratdi.

“Bizda bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq katta muammolar mavjud. Maktabni bitirayotgan yosh fuqarolarimizning 70 foizida qandaydir patalogiya bor. Bu dahshatli statistika. Tez orada biz barchamiz faqat o‘z sog‘lig‘imiz haqida qayg‘uradigan damlar keladi. Shunday tizim tuzish kerakki, unda kasal bo‘lish, birinchidan ommalashmagan, ikkinchidan esa iqtisodiy tomonlama foydali bo‘lmasligi lozim. Bu borada vazirlik yaxshigina ishlashi kerak bo‘ladi”, deydi Nazarboyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, quyi idoralar tomonidan sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha juda ham faol himoyalovchi axborot ishlarini amalga oshirish zarur. Bosh vazir o‘rinbosari sog‘lom turmush tarzini aholining katta vakillari bilan bir qatorda bolalarga ham o‘rgatish kerakligini, ta'kidladi.

“Men Ostonada bo‘lganimda mahalliy maktablarning birida hamshira odatda, bolalar sog‘liqlari bo‘yicha asosan dushanba kuni shikoyat qilishlarini aytdi. Chunki ota-onalar dam olish kunida farzandlariga ko‘p ishlarga ruxsat berishadi, ularni to‘yib ovqatlantirashadi... Ertasiga esa ularning ko‘p qismi oshqozon og‘rig‘i bilan tibbiyot xonasiga chopishadi. Bu haqida aholini ogohlantirish kerak”, deya qayd etdi Nazarboyeva.

Shuningdek, u kattalar xulqi oxir-oqibat farzandlarda ham shakllanishi, ular qilgan xatolarni bolalar ham qaytarishini aytib o‘tgan. Birgina sog‘liq uchun qadah ko‘tarilganda, bolalar ham sharbat olib, kattalar bilan birdek qadah urishtirganda, bu holat odatiy turmush tarziga aylanadi. Biz bolalarga yoshlik paytidanoq qadah so‘zi aytib, bokallarni ko‘tarishni o‘rgatib qo‘ydik va bu odatiy stereotiplardan biriga aylandi. Shu sababli, bizda muammolar mavjudmi? Albatta, mavjud”, qo‘shimcha qildi Nazarboyeva.

Ko‘proq yangiliklar: