Mercedes-Benz AQShda zararli chiqindilar ko‘rsatkichini o‘zgartirib ko‘rsatishda ayblandi

Fan-texnika 16:28 / 19.02.2016 2592

Amerikada nemis avto korxonasi Mercedes-Benz`ni u ishlab chiqargan mashinalarning atrof-muhitni ifloslantirish darajasi belgilangan chegaradan ortiq, deya ayblashdi.

"Da'vo arizasida ko‘rsatilishicha, BlueTec texnologiyasida yasalgan dizel motorli 14 avtomobil modellari rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgandan ko‘ra ko‘proq azot oksidi chiqaradi", deb xabar beradi Deutsche Welle.

BlueTec texnologiyasi dizel motorlari o‘rtasida eng tozasi degan fikr yanglish va xatodir, deya ta'kidlangan da'vo arizasida. 

Ularning fikricha, bu mashinalar AQShda belgilangan chegaradan 19 barobar ko‘p azot oksidi chiqaradi. Qolaversa, 10 gradus Tselsiydan past haroratda ishlagan motor bu normani 65 barobarga buzadi.

O‘z navbatida Mercedes-Benz vakillari da'vo qilishga hech qanday asos yo‘qligini, ular ko‘rsatkichlarni o‘zgartirishmagani va mashinalarining hamma modellari o‘rnatilgan normalar asosida ishlab chiqarilganini aytishmoqda. Kompaniyada bo‘lib o‘tajak sudda o‘zlarini himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rishyapti.

Ko‘proq yangiliklar: