Moskvaning "Lokomotiv" futbol klubi o‘zining yarimhimoyachisi Dmitriy Tarasovni Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmi tushirilgan futbolkani ko‘rsatgani uchun 300 ming yevroga jarima soldi va futbolchini fevralda olishi mumkin bo‘lgan barcha bonuslardan mahrum etdi. Klub, shuningdek, agar UYeFA tomonidan klubga jrima solingudek bo‘lsa, unda bu qiymat futbolchining oyligidan ushlab qolinishi variantini ham ko‘rmoqda. Bu haqda o‘zining klubdagi manbalariga iqtibos keltirgan holda R-Sport nashri ma'lum qildi.
Tarasov Yevropa ligasining 1/16 bosqichida Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga qarshi uchrashuvdan keyin Putin surati tushirilgan futbolkani namoyish qilgani uchun jarimaga tortildi va uzoq muddatli diskvalifikatsiya olishi mumkin.
Ikki klub o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevralda Moskvada bo‘lib o‘tadi.