Janubiy Sudanda BMT qarorgohiga uyushtirilgan hujum tufayli 18 kishi halok bo‘ldi

Jahon 10:14 / 19.02.2016 2599

Janubiy Sudandagi tinch aholini himoya qilish bo‘yicha tashkil etilgan BMT qarorgohiga hujum uyushtirilishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi va 36 kishi jarohatlandi. Halok bo‘lganlarning 2 nafari "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti xodimlari bo‘lishgan. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Hujumdan jarohatlanganlarning 25 nafarida o‘qdan jarohatlanish qayd etilgan. Malakal lagerida jami 40 ming nafarga yaqin kishi bo‘lib, ular mamlakatning turli hududlaridan ko‘mak istab kelishgan.

Tashkilot bu hujumni qattiq qoralab chiqdi va jangarilardan tinch aholini qirg‘in qilishni to‘xtatishni talab qildi. Bundan tashqari, MSF qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham tinch aholi vakillariga qilingan hujumni qattiq qoralagan va bu kabi harakatlar harbiy jinoyat sifatida qaralishini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: