O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Turkiya respublikasi rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga 2016 yilning 17 fevral kunida Anqara shahrida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan maktub yo‘lladi.
“Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentiga va turk xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga hamda yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi”, — deyiladi O‘xzbekiston TIV sayti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni kechasi Anqara shahri markazida, parlament binosi va Turkiya bosh vaziri qarorgohidan bir necha yuz metr narida joylashgan harbiylar istiqomat qiluvchi yotoqxona yaqinida portlovchi modda o‘rnatilgan avtomobil portlagan edi. Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 28 nafarni tashkil etdi, shuningdek 61 kishi jarohatlandi.