Google Translate onlayn tarjima xizmatida qirg‘iz tili ham paydo bo‘ldi

Fan-texnika 11:36 / 19.02.2016 7832

Google‘ning onlayn-tarjimon xizmati Google Translate‘da yana 13ta yangi til paydo bo‘ldi. Endilikda dasturdagi tillarning umumiy soni 103taga yetdi.

Google Translate‘ning oxirgi talqiniga amxar, korsikancha, frizcha, qirg‘izcha, gavaycha, kurdcha, lyuksemburgcha, samoacha, gaelcha, shona, pushtu, kxosa va sindhi tillari ham qo‘shilgan.

Mazkur tillarning qo‘shilishi natijasida Google Translate‘ning dunyo bo‘ylab qamrovi 99 foizga yetgan. Endilikda yer aholisining 99 foizi ushbu xizmatdan o‘z ona tilida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Google Translate onlayn tarjima xizmatida o‘zbek tili 2014 yilning dekabrida paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: