Yevropa ligasi. «Krasnodar» safarda «Sparta»dan mag‘lubiyatga uchradi

Sport 08:01 / 19.02.2016 2567

18 fevral oqshomida Yevropa ligasining 1/16 finalida Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi Chexiyaning «Sparta» jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 64 daqiqada mezbonlar vakili Yulish tomonidan kiritilgan va krasnodarliklar ilk uchrashuvda mag‘lub bo‘lishgan.

O‘yinda «Krasnodar»ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa o‘ynagan.

Yevropa ligasi
1/16 final
Sparta Praga Chexiya – Krasnodar Rossiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 64 Yulish.
Sparta – Bichik, Zagustel, Golek, Brabets, Nxamoynesu, Marechek, Vaxa, Fatai (Irachek, 89), Dochkal (Mateyovski, 80), Kreychi, Yulish (Konate, 78).
Krasnodar – Dikan, Kaleshin, Sigurdsson, Grankvist, Petrov, Mamayev, Ahmedov, Pereyra (Gazinskiy, 66), Smolov (Vanderson, 68), Ari, Joaozino (Bistrov, 82).
Ogohlantirishlar: Kaleshin (30), Mamayev (67), Brabets (90).

Ko‘proq yangiliklar: