AQSh Norvegiyada sovuq urush yillaridan qolgan g‘orlarga tanklari va artilleriyasini joylashtirmoqda.
AQSh dengiz piyodalari qismlari Norvegiyada o‘tkazilayotgan "Sovuq urush" nomi ostida o‘quv-mashg‘ulotlari davomida "tanklar poygasi" uyushtirishdi.
Internetda ushbu qism harbiylari qorli yo‘llarda M1A1 tanklari ishtirokida poyga uyushtirishgani videosi paydo bo‘ldi.
Bu drift norvegiyalikdlar harbiylar bilan hamkorlikda og‘ir texnikaning Norvegiyaning tog‘li hududidagi harakatlarini sinovdan o‘tkazish davomida amalga oshirilgan. Mashg‘ulotlarda norvegiyaliklar Leopard 2A4NO rusumli tanklari bilan ishtirok etishmoqda.
Bu tog‘lar Norvegiyaning markaziy qismida joylashgan. AQSh 1981 yildan e'tiboran NATO kuchlarini Sobiq Ittifoqqa qarshi qo‘llab-quvvatlash maqsadida u yerda qurol saqlay boshlagan edi.