Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li 17 fevral kuni kechasi Anqarada yuz bergan terakt suriyalik 24 yoshli Salih Nasar tomonidan sodir etilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Bosh vazirning aytishicha, bu xudkush terrorchi Turkiyada faoliyati taqiqlangan kurdlarning "Xalq mudofaa kuchlari" tashkiloti a'zosi bo‘lgan.
Manbaning yozishicha, bu josus "Kurdiston Ishchi partiyasi" bilan ham aloqada bo‘lgan.
Bundan oldinroq, turkiyalik yuqori martabali amaldorlardan biri bu terrorchi Turkiya hududiga 2014 yilning iyulida kirib kelgani va o‘tgan vaqt davomida teraktga tayyorlangani haqida ma'lumot mavjudligini aytgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu Anqara teraktiga aloqadorlikda gumonlanib, 14 kishining hisb qilingani haqida ma'lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Anqara markazidagi harbiylar yotoqxonasi oldida avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlashi natijasida 28 kishi halok bo‘ldi va 61 kishi jarohatlandi.