18 fevral kuni kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:05da O‘zbekistonning sharqida zilzila qayd etildi.
«Toshkent» seysmologiya markazi xodimi Zinaida Kurbakova zilzila markazi Toshkent shahridan 262 km, Farg‘ona vodiysidan 150 km masofada, Qirg‘iziston hududida ro‘y berganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, zilzila kuchi uning episentrida 4 ballga, Namanganda esa 2 ballga teng bo‘lgan.
Yevroosiyo seysmologiya markazi tomonidan berilgan dastlabki ma'lumotda Namangan viloyati hududida 4,5 balli zilzila ro‘y bergani aytilgandi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzilani sezishmagan.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Qirg‘izistonda yuz bergan 4,5 balli zilzila Namangan shahrida 2 balli kuchlanish bilan akslangandi.