Shohrux reper «My.gov.uz» davlat portali haqida qo‘shiq kuyladi

Jamiyat 19:20 / 18.02.2016 6608

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — «My.gov.uz» matbuot xizmati portal faoliyatini noana'naviy usulda ommalashtirishga qaror qildi.

Buning uchun rep qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Shohrux taklif etilgan.

«Shohruh bilan yozilgan qo‘shiq Yagona portalning roligida ham foydalaniladi. Shu tariqa portal yoshlar e'tiborini o‘ziga jalb etishni ko‘zlagan», deya ma'lum qilgan matbuot xizmati rahbari Nelli Karimova.

Qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning «Xato» nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat:

Teraman My.gov.uz,
Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.
Hayotingni osonlashtir,
365 kun — bahor, yoz, kuz.
Endi muammolaringni hal qil
Ikki baravar tezroq,
Ter — My.gov.uz.

Audioyozuvni bu havola orqali eshitish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: