Saudiya Arabistoni neft qazib olish darajasini kamaytirishni rad etdi

Jahon 23:36 / 18.02.2016 4454

Saudiya Arabistoni neft narxini oshirish maqsadida uni qazib olish darajasini kamaytirishni rad etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi. U Saudiya Arabistoni neft qazib olish darajasini joriy darajada muzlatib qo‘yishga rozi bo‘lganini, biroq uning hajmini kamaytirmoqchi emasligini aytdi.

"Neft narxi bozordagi taklif va talab bilan belgilanadi. Saudiya Arabistoni bozorning o‘z ulushini himoyalamoqchi", deb aytdi vazir.

16 fevralda Saudiya Arabistoni va Rossiya neft qazib olish darajasini 2016 yil yanvaridagi darajada muzlatib qo‘yishga kelishib olgandi. Rossiya energetika vaziri kelishuv agar unga qolgan neft qazib oluvchi davlatlar ko‘shilsagina amal qilishini aytgan. Bu tashabbusni Venesuela, Qatar va Kuvayt qo‘llab-quvvatladi. Eron esa bozor va neft narxini barqarorlashtirishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, biroq o‘z zimmasiga aniq majburiyatlarni olmagan.

18 fevralda Londondagi savdolarda Brent markasidagi neft 34 dollardan sotilgan. Neft narxi 2015 yil oxiri-2016 yil boshida keskin arzonlashib ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: