Prezident Bashar Asadning Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Suriyadagi fuqarolik urushining cho‘zilishiga olib keladi, deb hisoblaydi Pentagon rahbari Eshton Karter.
CBS kanalining "Asad holati Rossiyaning harbiy yordami tufayli yaxshilandimi?" degan savoliga “Bu strategiya qayerga olib boradi?” U Suriyadagi fuqarolik urushining davom etishini ta'minlayapti. Bundan esa Rossiya manfaatdor”, - deb javob berdi Karter.
“Men okeanortidagi do‘stlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytaman, bu yerda “tekinxo‘rlar” bo‘lishi mumkin emas, chunki oxiri biz g‘alaba qozonamiz. Biz yodimizda saqlab qolamiz, kim yordam berdi va kim yordam bermadi. Biz uzoqni ko‘zlab ish qilamiz va kim nima qilganini eslab qolamiz”, dedi Karter.
U Bryusselda o‘z kasbdoshlariga shu haqida aytganini eslatib o‘tdi.
Karterning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Eronning harakatlari Suriyada hech qanaqa yaxshilik keltirayotgani yo‘q va ular bu uchun “javob berishadi”.
“Rossiya boshidanoq to‘g‘ri yo‘l tutmadi. U o‘zi aytgan ishni qilmayapti va IShIDga qarshi kurashish shartlarini bajarmayapti”, deb hisoblaydi Pentagon rahbari.