"O‘zmetkombinat" AJ 2016 yilda Bekobodda silga qarshi dori ishlab chiqaruvchi farmatsevtik zavodni ishga tushirmoqchi.
Qiymati 7 mln dollarni tashkil qiluvchi farmzavod qurilishi loyihasi metallurgiya korxonasining shaxsiy mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Yangi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 5 mln dona shartli dori vositasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Bekoboddagi bu yangi farmzavod Toshkent viloyatidagi dori-darmon ishlab chiqaruvchi sakkizinchi va "O‘zfarmsanoat" davlat aksiyadorlik konserni tizimidagi 40-korxona bo‘ladi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish bilan 39 ta korxona shug‘ullanadi.
Ulardan 37 tasi Toshkentda, 7 tasi Toshkent viloyatida, 2 tasi Sirdaryo viloyatida va bittadan korxona Buxoro, Navoiy va Namangan viloyatida joylashgan.