Obama yaqin vaqt ichida Kubaga boradi

Jahon 15:28 / 18.02.2016 2039

AQSh Prezidenti Barak Obama Lotin Amerikasi safari doirasida yaqin haftalarda Kubaga borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Safar rejasi 18 fevral kuni rasman e'lon qilinadi.

"Prezident, agar sharoit to‘sqinlik qilmasa, Kubaga bormoqchiligini bildirgan", deb xabar beradi Reuters agentligi.

Gap 2016 yil mart oyiga mo‘ljallangan safar haqida ketmoqda.

1959 yilgi Kuba inqilobidan so‘ng AQSh Kuba savdosiga embargo qo‘ygan, 1961 yilda esa Respublika bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzgan.

2015 yilning kuzida Amerika Kuba bilan embargo tufayli savdoga qo‘yilgan taqiqlarni yengillashtirish maqsadida yangi qoidalar ishlab chiqa boshlashdi. 11 dekabrda davlatlar 1963 yilda uzib qo‘yilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta aloqasini, 16 dekabrda esa muntazam tijorat aviareyslari qatnovini qayta tiklashdi.

Kuba bilan munosabatlarning mo‘'tadillashgani haqida Obama ilk bor 2014 yil 17 dekabrda ma'lum qilgan. 2015 yilda 20 iyulda ikkala tomon Vashington va Gavana o‘z elchixonalarini ochishgan.

Ko‘proq yangiliklar: