AQSh prezidentligi uchun saylovda Donald Tramp g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, Kanadaning Keyp-Breton oroli bu tanlovdan norozi bo‘lgan amerikaliklarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
“Salom, amerikaliklar! Donald Tramp mamlakatingizning navbatdagi prezidenti bo‘lish ehtimoli bor. Agar shunday bo‘lsa va siz u yerdan ketishga qaror qilsangiz, Keyp-Breton oroliga ko‘chib kelishni taklif qilsam bo‘ladimi?”, deyiladi orolning sayyohlik saytida.
Murojaatda, shuningdek, Keyp-Bretonda ayollarga abort qildirish uchun ruxsat berilishi, musulmonlarning bemalol yashashi, uylarning narxi arzonligi ham eslatib o‘tiladi.
"Keyp-Breton chiroyli manzarali orollar ro‘yxatida yuqori o‘rinllarni egallab keladi, lekin ayni paytda aholi kamligi muammosiga duch kelgan", deb yetkazadi The Hill nashri.