Jizzax viloyatida qancha baliq yetishtiriladi?

O‘zbekiston 16:00 / 18.02.2016 5123

Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi, “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki va boshqa tashkilotlar hamkorligida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mutaxassislar, ekologlar, baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari, yangi loyihalar tashabbuskorlari ishtirok etgan tadbirda tarmoqdagi ilg‘or tajribalar, intensiv baliq yetishtirish asoslari va uning afzalliklari muhokama qilindi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Aytish kerakki, eng yirik tabiiy suv havzalaridan bo‘lgan Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimining kattagina qismi viloyat xududida joylashgan. Mazkur tabiiy ko‘l boyliklaridan samarali foydalanish va sun'iy suv havzalari barpo etish bo‘yicha viloyatda yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 180 baliqchilik xo‘jaligi tomonidan 2015 yilda 10 ming 850 tonnadan ortiq mahsulot yetishtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: