Ganada tomat olib ketayotgan yuk mashinasi avtubos bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 53 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ko‘pchilik voqea joyida jon berdi", deb aytdi mahalliy politsiya boshlig‘i. Yana 23 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonalarda qolmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 17 fevral kechki payt sodir bo‘lgan. Avtobus Kumasi shahridan Tamal shahriga ketayotgan bo‘lgan. Politsiya falokat sabablari va tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Taxminlarning biriga ko‘ra, avtobus nosozligi tufayli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Ganada yo‘l-transport hodisalarida yuqori o‘lish darajasi qayd etiladi. Yo‘l-transport hodisalariga asosan tezlikni oshirish va avtomobillarning yomon texnik holatdaligi sabab bo‘ladi.