Dunyo 2025 yilda: 9 yil oldinga qadam

Jamiyat 16:20 / 18.02.2016 36597

Aviatsiya muhandisi, koinot sayyohligi bo‘yicha dunyodagi birinchi Space Adventures korxonasining ta'sischisi, Planetary Resources kompaniyasi asoschisi va boshqa yetakchi texnologiyalar hamda kosmik rivojlanishlar bilan bog‘liq loyihalar tashkilotchisi Piter Diamandis 2025 yilda insoniyatni nimalar kutayotganini bashorat qildi.

1. 1000 dollar evaziga inson miyasi

2025 yilda 1 soniyada 10 000 trln operatsiyalarni bajarishga qodir kompyuter paydo bo‘ladi. Bu tezlik inson miyasining axborot tahlil qilish tezligiga teng. Bunday qurilma bor yo‘g‘i 1000 dollar evaziga sotiladi.

2. “Barchaga internet”

“Barchaga internet” global iqtisodiyotni yangi darajaga ko‘taradi: geografik chegaralar yo‘qolib, dunyoning turli burchaklaridagi insonlar onlayn tarzda loyihalar ustida xuddi real hayotdagi kabi ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 2025 yilga kelib “Barchaga internet” axborot yig‘ish uchun 100 milliardlik bir-biriga ulangan datchiklarni o‘z ichiga oladi. “Cisco”ning yaqinda chop etilgan ma'ruzasiga ko‘ra, megainternet 19 trln. dollar ishlab chiqaradi.

3. Takomillashgan bilim


Dunyodagi trilliondan ortiq axborot yig‘ish datchiklari (avtonom avtomobil, sun'iy yo‘ldosh tizimi, uchuvchisiz samolyotlar, taqiladigan kameralar) orqali siz istagan vaqtingiz va joyingizda, o‘zingiz xohlagan narsangiz haqida bilib olishingiz mumkin. Biz endi takomillashgan bilimlar dunyosi sari boryapmiz.

4. Bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 8 millard inson


Facebook (Internet.org), SpaceX, Google (Loon loyiha), Qualcomm va Virgin (OneWeb) sayyoramizdagi barcha insonlarni soniyasiga bir megabit tezlikdan oshuvchi internet bilan ta'minlab berishni rejalashtirgan. Sakkiz milliarddan oshiq insonlar kommunikatsiyaning yangi vositalari bilan bog‘lanadilar. Global tarmoqdan cheklangan insonlar Google, 3D-chop etish, Amazon xizmatlarining barcha ma'lumotlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi.

5. Sog‘liqni saqlashdagi katta burilish


Yangi samarador tizimlarning paydo bo‘lishi evaziga mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalari yo‘qolish arafasida qoladi. Minglab startaplar, shuningdek bugungi kundagi axborot gigantlari (Google, Apple, Microsoft, SAP, IBM va h.k.) yangi biznes-modellar bilan daromadli (3,8 trln dollar) sog‘liqni saqlash sohasiga kirib kelishadi. Bu esa byurokratik klinikalar va shifoxonalarni yo‘q qiladi.
Biometrik zondlash har bir kishining o‘z salomatligiga o‘zi egalik qilishiga yordam beradi. Yangi uskunalar orqali endilikda biz yurak xastaligi, saraton sabablari hamda neyrodegenerativ kasalliklarni aniqlashimiz va ularni davolashimiz mumkin. Robotlashtirilgan jarrohlar esa mushkul operatsiyalarni amalga oshiradi va bu samaraliroq, hamyonbop bo‘ladi.

6. Kengaytirilgan va virtual reallik


Facebook (Oculus), Google (Magic Leap), Microsoft (Hololens), Sony, Qualcomm, HTC va boshqalarga kiritilgan milliardlab dollarlar endilikda behudaga sarflanmaydi. Displey va interfeyslarning yangi avlodlari paydo bo‘ladi. Odatiy smartfon, kompyuter va telefon ekranlari yo‘qolib, ularning o‘rnini ko‘zoynaklar egallaydi. U Google Glass`ga o‘xshamaydigan, hozirda xipsterlar taquvchi ko‘zoynak kabi bo‘ladi.

7. Bolalik


Odamzod sun'iy intellekt yaratishda davom etadi. Agarda siz Siri (Siri)ni eng mukammal yutuqlardan biri deb o‘ylasangiz, 10 yildan keyin “Temir odam”dagi haqiqiy Jarvisni hayotda ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. IBM Watson, Deep Mind va Vicarious sizlarning so‘zlashuvingiz, xabaringiz va biometrik ma'lumotlaringizni ko‘chirib oluvchi kuchli yordamchini ishlab chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida ishlarni yengillashtiradi.

8. Blokcheyn

Siz bitkoin - xavfsiz kriptovalyutasi haqida ma'lumotga egasiz. Lekin innovatsiya – elektron valyuta emas, balki vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlarni raqamli uzatishdan iborat bo‘lgan protokoldir, ya'ni - blokcheyn. Mark Andrisen kabi sarmoyadorlar uchun elektron valyutani kiritish internet yaratishdek muhim qadam hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: