Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio "Oskar" mukofoti ortidan quvishi kerak bo‘lgan arkada o‘yini qahramoniga aylandi.
O‘yinda Leonardoga "Oskar"ga ega bo‘lishga qizil gilamdagi bir qancha jurnalistlardan tashqari, mashhur qo‘shiqchi Ledi Gaga ham xalal bermoqchi bo‘ladi.
Aktyorga raqib sifatida esa uning hamkasblari, jumladan aktyor Brayan Krenston tanlangan. O‘yinda qo‘shimcha ballarga esa Di Kaprioni aktyorlik san'atida sinab ko‘rish bilan ega bo‘lish mumkin. O‘yin finalida esa aktyor ayiq bilan olishishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Leonardo Di Kaprio "Oskar" mukofotiga 5 marta nomzod bo‘lgan. Aktyorning mehnatlari Kinoakademiya tomonidan tan olinmagani OAV tomonidan juda ko‘p muhokama qilindi va bu mashhur "mem"ga aylandi.
2016 yilda Di Kaprio "Oskar"ga "Omon qolgan" filmidagi roli uchun nomzod bo‘ldi. "Oskar 2016" taqdimotigacha aktyor bir qancha mukofotlarga jumladan "Oltin globus" va Britaniya Kinoakademiyasi mukofoti BAFTAga sazovor bo‘ldi.
Di Kaprio uchinchi marta «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida
Leonardo Di Kaprio BAFTA talqini bo‘yicha eng yaxshi aktyor deb topildi