Cho‘lning sariq qumlari va Ras Al-Heyma (Ras Al Khaimah) va Umm Al-Kuveyn (Umm Al-Quwain) kul rang tog‘lari Amirlikning shimolida yuz bergan qorli bo‘rondan so‘ng oppoq qorga belandi.
BAAdagi eng past haroratni ko‘rsatgan yomon ob-havo sabab yoqqan qor ikki amirlikdagi cho‘l va tog‘larning ko‘plab maydonlarini egallab oldi.
“Ko‘pgina odamlar qordan bahramand bo‘lish uchun u yerga borishdi, keyinchalik qor kuchli yomg‘irga aylangan... jamoat mulkiga ziyon yetkazilmagan va hech qayerda yo‘l yopilishlari kuzatilmagan”, deb xabar beradi “the Arabic language daily” muxbiri Emarat Alyoym.
Fujyeyra va uning atrofidagi qishloqlarda bugungi kunda sharros va o‘rtamiyona yomg‘ir yoqqan. Yomg‘ir davomida harorat tushishi kuzatilib, vohada suv ko‘payishi va chaqmoqlar chaqishi kuzatilgan.