Aston Martin elektromobil ham ishlab chiqaradi

Fan-texnika 16:34 / 18.02.2016 2065

Britaniyaning Aston Martin avtokompaniyasi maishiy elekronika buyumlari ishlab chiqaruvchi LeEco xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zining ilk elektromobilini yaratish ustida ish boshladi. Bu haqida China Daily`ning elektron nashri xabar berib, yangi loyihada RapidS bazasidan foydalanilishini ma'lum qildi.

Elektromobil 2018 yilda bozorlarga chiqarilishi rejalashtirilgan va kompaniyaning Geydon(Uorikshir grafligi)da joylashgan zavodida yig‘iladi.

"Bu Aston Martin kompaniyasining elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihasini yuksaltiradi", - deydi britaniya kompaniyasining bosh direktori
Endi Palmer.

Hozircha loyihaning moliyaviy shartlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

 

Ko‘proq yangiliklar: