AQSh Kongressida AQSh o‘zini Shimoliy Koreya va Eron ballistik raketalaridan himoyalay olmasligi aytildi

Jahon 14:50 / 18.02.2016 6866

AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlari AQSh hududini Shimoliy Koreya va Eron ballistik raketalar zarbasidan himoya qilishga qodirmas, deb aytildi AQSh Kongressining nazorat-taftish organining 15 sahifali hisobotida.

"Pentagon Mudofaa vazirligi raketaga qarshi mudofaa agentligining mamlakat raketaga qarshi mudofaasini oshirish bo‘yicha doimiy sa'y-harakatlarining samarasi haqida gapirib keladi. Biz bu agentlik xavf va muammolarga duch kelayotganini aniqladik. Mudofaa vazirligi ayni vaqtda AQSh Shimoliy Koreya va Eron tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan ballistik raketalar zarbasidan himoyalangan, deb ta'qidlaydi. Raketaga qarshi mudofaa agentligi bu imkoniyatlarning bir qismini namoyish qildi, biroq u mamlakatni ballistik raketalar hujumi xavfidan himoya qila olishini isbotlaydigan muhim jihatlar ko‘rsatilmadi", deyilmoqda hisobotda.

Hisobotda agentlik raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratishga, jumladan uni modernizatsiya qilish va "4 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan raketalarni ushlash bo‘yicha 8 ta sinov"ga milliardlab dollar sarflagani aytilmoqda. Hisobotda, shuningdek, tizimning boshqa qurilmasining sinovlari natijalari ham mamlakatning ballistik raketalardan to‘liq himoyalanganini tasdiqlay olmaydi.

"Agentlik sinovlar vaqtida AQShni joriy xavflardan himoyalay olishini ko‘rsata olmadi", deb aytmoqdalar hisobot mualliflari hamda bu raketaga qarshi mudofaa tizimi faqatgina "oddiy ballistik raketalarning kichik miqdoridan qisman himoyalay olishini ko‘rsatganini" ta'kidlab o‘tganlar. Hujjatda ko‘rsatilishicha, agentlik ballistik raketalarni ushlashga kelganda mudofaa tizimi o‘z funksiyalarini bajara olishini isbotlay olmagan.

Ayni vaqtda AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimi "qit'alararo ballistik raketaning maketini" ushlay olishiga hech qanday isbot yo‘q. Hisobotda "ayni vaqtda tizimning samaradorligini to‘liq baholashning imkoni yo‘q" deb aytilgan.

Shu sababli ekspertlar "hamma sinovlardan o‘tmagan majmualarni qo‘llash AQSh harbiylari uchun xavfni oshiradi va ularni imkoniyati va cheklanishlarini to‘liq darajada tushunib bo‘lmaydigan tizim bilan ishlashga majbur qiladi".
Hisobot mualliflarining fikricha, raketaga qarshi mudofaa majmualarini kam-ko‘stini to‘ldirish uchun mamlakat byudjyetidan yana bir necha milliard dollar sarflanadi, chunki tizimni jiddiy yangilamasa bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: