Ukraina parlamenti Yatsenyuk hukumatini iste'foga chiqara olmadi

Jahon 10:30 / 17.02.2016 3548

Oliy Rada Arseniy Yatsenyuk hukumatini iste'foga chiqarish uchun yetarlicha ovoz yig‘a olmadi. Shu bilan birga Ukraina parlamenti hukumat ishini qoniqarsiz ekanligini qayd etdi.

Unga nisbatan ishonchsizlik votumini e'lon qilish taklifiga 226 deputat o‘rniga 194 nafar deputat rozi bo‘ldi. Natijada parlamentda kutilmagan hodisa ro‘y berdi. Deputatlar voqeadan bir necha daqiqa avval hukumat ishini qoniqarsiz deb topishdi, ammo uni iste'foga chiqarishga erisha olishmadi.

Rada deyarli to‘rt soat davomida hukumatning o‘tgan yildagi hisobotini muhokama qildi. Undan avval mamlakakt prezidenti Petro Poroshenko xalqqa Yatsenyukni ixtiyoriy tarzda iste'foga chiqarish to‘g‘risida murojaat qildi. Hukumat ishidan aholining 70 foizlik qismi norozilik bildirgan.

Kun davomida «Petro Poroshenko bloki» fraksiyasi deputatlari hukumatga ishonchsizlik masalasini muhokama qilish uchun kerakli 150 imzolarni to‘plashdi. Biroq parlament ittifoqiga kiruvchi fraksiyalar orasida bu tashabbusga nisbatan munosabat birlamchi bo‘lmadi.

Shuningdek, saylovoldi yig‘ilishda «Oppozitsion blok»ning barcha deputatlari zalni tark etganlari ham muhim rol o‘ynadi. Mazkur blok vakili Vadim Rabinovich tribunadan barcha vazirlarni qamoqqa jo‘natish kerakligini talab qildi.

Oqibatda hukumat ishonchsizlik votumi o‘tkazishga koalitsiyani boshqarayotgan fraksiyaning to‘rtdan uch qismini ovozi yetarli bo‘lmadi.

Ko‘proq yangiliklar: