Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko O‘zbekiston bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining erkin savdo hududi haqidagi kelishuvini qo‘llash bo‘yicha bayonnomani ratifikatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bayonnoma kuchga kirgach, 2011 yil 18 oktabrda qabul qilingan erkin savdo hududi haqidagi kelishuvning barcha qoidalari bayonnomada ko‘zda tutilgan barcha shartlar hisobga olingan holda O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda kuchga kiradi. Bu esa MDH doirasida erkin savdo hududini kengaytirishga imkon beradi.
Bayonnomaga ko‘ra, O‘zbekiston Ukrainaga nisbatan import va eksport bojlarini qo‘llamaydi.
2011 yil 18 oktabrda MDHning 8 davlati (Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston) erkin savdo hududini yaratish haqida kelishib olganlar.
Manba:uzdaily.uz