Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasovga uzoq muddatli diskvalifikatsiya xavfi tahdid solmoqda. Bunga uning Yevropa Ligasi doirasida Istanbuldagi "Fenerbahche" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng maydonga Putin surati tushirilgan maykada chiqib kelgani sabab bo‘lishi mumkin.
"Bu holatda intizom qoidalarining ochiqdan-ochiq buzilishini ko‘rish mumkin. Tarasov kamida 10ta o‘yindan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, "Lokomotiv" jamoasi ham jazolanishi kutilmoqda", deya ma'lumot bergan UYeFAning rasmiy vakili R-Sport nashriga bergan intervyusida.
Jamoalarning javob uchrashuvi 25 fevral kuni Moskva shahrida o‘tkaziladi.
Tarasov "Fenerbahche"ga qarshi o‘yin yakunlangach, Putin surati va "Eng xushmuomala prezident" jumlasi tushirilgan maykada maydonga chiqib keldi (u o‘yin vaqtida almashtirilgan edi - tahririyat). Keyinroq bu harakatini 28 yoshli futbolchi "o‘z prezidentini har qayerda qo‘llab-quvvatlashi" bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan. Rossiya tomoni bu davoni tan olmagan.
Shundan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejim to‘xtashini ma'lum qilgan.
"Fenerbahche" muxlislari Istanbulda "Lokomotiv" jamoasi avtobusiga hujum uyushtirdi
Dmitriy Tarasov Turkiyadagi o‘yindan keyin Putin surati bor maykasini ko‘rsatganiga izoh berdi
"Lokomotiv" UYeFA tomonidan "Tarasov ishi" tufayli jazolanishi mumkin