Turkiyadan qalbaki 80 000 AQSh dollarini O‘zbekistonga olib kirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jamiyat 16:59 / 17.02.2016 12186

Asli namanganlik, Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelayotgan Unsin Rahimova boshliq jinoiy guruh Turkiyada tayyorlangan qalbaki chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi hududiga g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan olib kirgan.

Unsin Rahimova jami 80 ming AQSh dollari miqdoridagi qalbaki xorijiy valyutasini kurer orqali Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi ukalariga yuborgan va ular turli joylarda asl banknotlarga almashtirish bilan shug‘ullanishgan.

Tergov jarayonlarda aniqlanishicha, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi “tashuvchi” turli molllar olib kelish vaji bilan uch marotaba Turkiyada bo‘lgan: 2014 yilgi safar chog‘ida soxta $10,2 ming, noyabr oyida $50 ming va 2015 yilning aprelida $20 ming AQSh dollarini O‘zbekiston hududiga olib kirgan. Jinoiy guruh qalbaki pullarni kam-kam hajmda, lekin doimiy ravishda almashtirgan.

O‘tgan yilning iyun oyida jinoiy guruh a'zolaridan biri ana shunday jinoyat ishi ustida qo‘lga olingach, ularning barcha kirdikorlar fosh etildi.

“Sud jinoiy guruh a'zolarining qilmishlariga yarasha jazo tayinlanib, hukm chiqardi”, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ko‘proq yangiliklar: