Tojikiston prezidenti mamlakat kuchlari tizimidagi bir qator lavozimlarga yangi xodimlarni tayinladi

Jahon 10:05 / 17.02.2016 3971

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 16 fevralda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisining yangi o‘rinbosarini tayinladi. Bu lavozim 4 oy bo‘sh turgandan keyin unga Farxod Voxidov tayinlandi. Tojikiston prezidenti 2015 yil oktabrida bu lavozimdan Abdulaziz Jalovni ozod etgandi.

Emomali Rahmon matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati qarori bilan Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi raisi birinchi o‘rinbosari – MXDQ Chegara qo‘shinlari bosh shtabi rahbari lavozimiga Izatullo Fayzulloyev tayinladi. Shuningdek, prezident bilan kelishilgan holda Xatlon viloyati bo‘yicha MXDQ boshqarmasi boshlig‘i etib Shomuddin Sharipov hamda Tojikiston MXDQ Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi jangovor tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i etib Murodali Xudoyberdiyev tayinlandi.

Shuningdek, Tojikiston mudofaa va ichki ishlar vazirliklarining xalqaro tashkilotlar, jumladan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi vakillari hamda mamlakatning turli davlatlardagi yangi harbiy attashelari tayinlandi.

Yangi lavozimlarga tayinlangan shaxslar bilan prezidentning shaxsan o‘zi suhbat o‘tkazdi va ularni halol va vijdonli xizmat qilish, davlat va millatning manfaatlarini munosib himoya qilish, bunda o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajarish, malakasini oshirish, tillarni bilishga e'tiborni qaratishga chaqirib, yangi lavozimlarda xizmat majburiyatlarini o‘tashga oq yo‘l tiladi.

Ko‘proq yangiliklar: