Texasda 1990 yilda qotillik qilgan shaxs uchun oliy jazo ijro etildi

Jamiyat 12:06 / 17.02.2016 4251

Texas shtatida 26 yil avval qotillik amalga oshirgan jinoyatchi uchun chiqarilgan hukm ijro qilindi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, 1990 yilda Dallasdagi vino do‘koniga talonchilik amalga oshirib, sotuvchini o‘ldirgan shaxs uchun chiqarilgan oliy jazo bajo etilgan.

Ma'lum qilinishicha, Gustavo Garsiya ismli bu mahbus tanasiga Xantsvilldagi qamoqxonaning o‘lim ijro etiluvchi maxsus bo‘lmasida o‘limga olib keluvchi inʼeksiya yuborilgan.

Qayd etilishicha, bu mahbus qamoqxonada o‘lim hukmi ijro etilishini juda uzoq vaqtdan buyon kutib yashadi.

Ko‘proq yangiliklar: