O‘z qurilmalariga qaraganda boshqa brendlar uchun detallar tayyorlashi bilan mashhur bo‘lgan Sony kichikroq va arzonroq kamera ishlab chiqaradi.
Xabarlarda aytilishicha, mazkur vaziyat Apple, Huawei hamda Samsung tomonidan foydalaniladigan sensorlarda o‘z aksini topgan.
Firma Exmor RS IMX318 kamerasni ishlab chiqarmoqda. U kelasi yil ko‘plab qurilmalarda o‘rnatilishi ehtimoli bor. Bu 22,5 megapiksel kengaytmali, 0,03 soniyada barchasini yig‘adigan gibrid avtofokusga ega bo‘lgan kameradir. Datchik oldingilariga qaraganda hajm jihatidan ancha kichik, biroq endilikda uchta o‘qga ega bo‘lgan, suratlarni elektron muvofiqlashtirishni o‘z ichiga olgan.
16 fevral kuni berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bu Xperia Z5 dagi IMX300 ga juda o‘xshash. Mazkur telefon ham xuddi shunday xususiyatlarga ega va bozorda mavjud suratga olish uchun mo‘ljallangan eng yaxshi smartfondir. Qurilmaning avtofokusi juda tezkor va endilikda yorug‘lik kam bo‘lganida ham hayratlanarli darajadagi suratlarni oladi.
Agar mazkur texnologiya Sony kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan telefonlarda ham o‘rnatilsa, telefonda olingan suratlarning sifati borasidagi fikrlar o‘tmish bo‘lib qoladi. Kompaniya ushbu datchiklarni may oyigacha o‘rnatishini ma'lum qilmoqda, demak yozgi dam olish vaqti kelguniga qadar uni ko‘plab qurilmalarda uchratish mumkin bo‘ladi.