Samsung kompaniyasi Galaxy-qurilmalariga operatsion tizimining yangi versiyasi bo‘lgan Android 6.0 (Marshmallow)ni tarqatishga kirishdi. Hozirda mazkur tizim faqatgina kompaniyaning eng oxirgi smartfoni bo‘lgan Galaxy S6 hamda S6 Edge smartfonlarida yangilanmoqda.
Samsung boshqa Galaxy qurilmalari foydalanuvchilari uchun ham Marshmallow yetkazib berishni rejalashtirgan. Ularning muddati operatorlar talabi va “bozor”dagi vaziyatga bog‘liq.
You Mobile saytining avvalgi xabarlarida yozilishicha, navbatdagi yangilanish Galaxy Note 5 fabletida bo‘ladi. Undan oldingi gadjyetlar, jumladan Galaxy Note Edge, Galaxy S5, Galaxy Alpha va Galaxy Note 4 uchun, “oltinchi” Android yaqin vaqt ichida o‘rnatilishi dargumon.