Sakkizinchi hikoya: «Evrika, meni tuzatishdi!»

Jamiyat 15:54 / 17.02.2016 5390

Abdulaziz Hasanovning ota-onasi uning yurak xastaligi to‘g‘risida tuqqiz oyligida xabar topishgan – tez-tez shamollashlari, ishtahasi yo‘qligi, vaznining kamomadi sabablarini qunt bilan tekshirilganligidan keyin shifokorlar shunday xulosaga kelishgan. Tashxis nihoyatda noxush edi - yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni (YuQO‘PN).

YuQO‘PN - eng kup uchraydigan yurak xastaligi. Qorinchalar o‘rtasidagi parda - kuchli mushaklardan hosil bo‘lgan to‘siq hamda o‘ng va so‘l qorinchalar o‘rtasida ichki devor rolini o‘ynaydi. Homilada u uch qismdan tashkil topadi. Homiladorlikning 4-5 haftasi davomida shu uchta qism bir-biriga benuqson, xuddi Lego o‘yinchog‘i kabi qo‘shilishi kerak. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra shunday bo‘lmasa, pardada nuqson paydo bo‘ladi - teshikcha qoladi.

Maktabda o‘rganilidigan anatomiya darsidan ma'lumki, bola tug‘ilib va ikki qon aylanmalarda qon harakati me'yorga kelganidan so‘ng yurakning so‘l va o‘ng qorinchalaridagi qon bosimlari orasida sezilarli tafovut hosil bo‘ladi. Buning natijasida qon aortaga yuborilib, odam tanasida to‘g‘ri aylanadi. YuQO‘PN bor bo‘lsa, qon nafaqat aortaga, balki teshikdan uning bir qismi yana o‘ng qorinchaga qaytadi. Bunday vaziyatda yurakning o‘ng qorinchasi, xato yuborilgan qonni haydash uchun, ortiqcha zo‘rlanishga majbur bo‘ladi.

Shifokorlarning aytishicha, ko‘p holatlarda, tahxminan 65-75 foiz, bunday nuqsonlar hali homila ona qorniligidayoq, o‘zidan-o‘zi yopilib ketadi. Lekin ayrim hollarda, jumladan Abdulazizda, teshikcha yopilmay, aksincha kattalashib ketgan, shu tufayli uni uch yoshida operatsiya qilishgan. Lekin shunday holatlar ham borki, bitta operatsiya kamlik qiladi. Bu xuddi shunday holat bo‘lib chiqdi. Uch yil o‘tgach, Abdulazizga yana bir operatsiya zarur ekani yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ikkinchi operatsiya qilishning iloji bo‘lmadi. Abdulaziz tez-tez shamollab turdi, sariq kasalligining A turi bilan yotib chiqdi, keyin esa otasi vafot etdi va oila o‘z boquvchisidan ayrilib qoldi. Abdulaziz uchun berilgan nafaqa 200 ming so‘m, unga qo‘shimcha oilaga boquvchisini yo‘qotganligi uchun yana 250 ming so‘m. Ikki bolani 450 ming so‘mga oyoqqa qo‘yish - bu oliy matematikadan ham murakkabroq masala bo‘lsa kerak.

Albatta, Nargiza ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. Vaqti-vaqti bilan ozgina pul topadi, lekin aniq, doimiy ishi yo‘q. Nargiz umidsizlanishga haqqi yo‘q ekanini yaxshi his qilgan - axir bolalarni ulg‘aytirish kerak. Shifokorlar operatsiya qilishni qattiq talab qilishdi, tezroq o‘tkazishni tavsiya etishdi, lekin oilada operatsiyaga yetarli mablag‘ topilmadi. Vaqt o‘tib, Abdulaziz 10 yoshga ham to‘ldi.

Aniqrog‘ini aytganda - ochiq yurakda operatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan oksigenator sotib olishning iloji yo‘q edi. O‘zbekistonda bolalarni davolash bepul, lekin barcha muhtojlarga davlat tomonidan olinadigan oksigenatorlar yetishmaydi.

Abdulazizga oksigenator va operatsiya o‘tkazish uchun boshqa zarur bo‘lgan dori-darmonlar 2015 yil noyabrida «Birgalikda hayotlarni qutqaraylik!» shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida sotib olindi. Ushbu aksiya «Sochnaya dolina» savdo belgisi tomonidan o‘tkazildi va uning davomida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan mablag‘ning muayyan bir qismi Toshkent tibbiy pediatriya institutining bolalar jarrohlik Markazining maxsus xayriya hisobiga o‘tkazildi. Aktsiya davomida yig‘ilgan pulga 15 bolaning operatsiyasiga yetarli dori-darmon va oksigenatorlar sotib olindi.

Abdulazizni 13 yanvar kuni operatsiya qilishdi. Shifokorlarning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Narkozdan ko‘z ochishi bilan, Abdulaziz onasiga qarab: «Evrika, meni tuzatishdi!» dedi.

To‘rt kun o‘tgach, Abdulaziz shifokorlarga o‘zining kashfiyotlari, kelajak rejalari to‘g‘risida gapirib, orzu-umidlarida ularda katta bog‘ bo‘lishini, katta, yorug‘ uy, issiq suv va onasi baxtli bo‘lishiga umid bog‘lardi.

«Bilasizmi, men Arximedga o‘xshab ixtirochi bo‘lmoqchiman, men matematikadan a'lochiman, yuragimni ham tuzatishdi. Endi hammasi zo‘r bo‘ladi!».

Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalaridan» sakkizinchisi va hali davomi bo‘ladi.

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»

Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak

Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»

Reklama huquqlari asosida.

Ko‘proq yangiliklar: