O‘zbekistonlik 11 nafar bemor bola Germaniyada davolanish uchun jo‘natildi

O‘zbekiston 17:19 / 17.02.2016 3796

2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti birgalikda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish belgilangan.

Hamkorlikning navbatdagi bosqichida bugun, ya'ni 17 fevral kuni Toshkent Xalqaro Aeroportida 11 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida davolanish uchun jo‘natildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda respublika bo‘yicha jami 166 nafar tug‘ma lab tanglay nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalarda jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi. “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug‘ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “Qiyshiq bo‘yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo‘lgan 226 nafar bemor bola operatsiya qilingan.

Joriy yilning 21 fevral kuni soat 06:00da Germaniya Respublikasidan 13 nafar sog‘lomlashtirilgan bola Toshkentga qaytib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: