Amaldagi prezident Barak Obamaning ishonch bildirishicha, Donald Tramp AQShning navbatdagi prezidenti bo‘la olmaydi.
"Men Tramp prezident bo‘la olmaydi deb hisoblayman" - deya ta'kidladi Barak Obama Palm Springs shahri (Kaliforniya shtati) yaqinidagi Sannidends qarorgohida bo‘lib o‘tgan AQSh - Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) sammiti yakuniga oid, matbuot anjumani vaqtida.
Obamaning so‘zlariga ko‘ra, u Trampning shu yili noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlaridagi imkoniyatini shunday past baholaydi. Chunki u "Amerika xalqi"ga qattiq ishonadi. Ya'ni demokrat Obamaning nuqtai nazariga ko‘ra, amerikaliklar Respublikachilar partiyasining a'zosi Donald Tramni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas.
"AQSh fuqarolari prezident maqomini egallash bu - mas'uliyatli ish" ekanligi, "bu - tok shou yoki realiti shou boshlovchisining ishi emas... bu marketing emas... bu qiyin ish"ligini bilishadi", - deya ta'kidladi Obama.
Qayd etish kerakki, o‘tkazilgan ko‘pgina so‘rovlarga natijasiga ko‘ra, Donald Tramp, oxirgi oylarda prezidentlikka respublikachilardan tomonidan nomzodi qo‘yilgan Ted Kruz, Marko Rubio va Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Bushga qaraganda Amerika xalqi tomonidan kengroq qo‘llab-quvvatlanmoqda.