OAV: Rossiya va Xitoy tranzit yuklarni Qozog‘iston hududi bo‘ylab o‘tkazishni soddalashtirdi

Jahon 19:24 / 17.02.2016 3260

Rossiya va Xitoy o‘rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, Kozog‘iston hududi bo‘ylab yuk tashuvlarning vaqti qisqardi, ya'ni bojxona punktlaridan o‘tish tartibi soddalashtirildi.

Bu voqea Xitoyda Xitoy-Yevropa xalqaro transport yo‘lagini yaratish borasidagi “Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasi” tashabbusini amalga oshirish borasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

“Avvallari yuk avtomobillari Rossiyaga bir haftada yetib borgan bo‘lsa, endi muddat ikki sutkaga qisqardi”, deya Xinjiang Xinde International Transportation transport kompaniyasi vakili fikrlaridan iqtibos keltirdi "Jenmin jibao" nashri.

Rossiya tomonida ham ana shunday xulosa qilingan: “Mamlakatimiz transtport tizimi rivojlanib borayotgan bir paytda, Xitoy bilan yuk va fuqarolar tashuvi yo‘nalishidagi aloqalarning yuksalishi biz uchun juda muhim”, deydi Rosavtotrans bosh direktori Aleksey Dvoynyx.

Nashrning xabariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy yuk tashuvchilariga joriy yilda chegaralardan o‘tishda yengillik beruvchi 1000 ta ruxsat qog‘ozi topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: