"Nasaf" jamoasi 2016 yilgi O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Sport 17:04 / 17.02.2016 6427

17 fevral kuni Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadionida Qarshining "Nasaf" hamda Toshkentning "Paxtakor" klublari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda qarshiliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

O‘yindagi yagona gol 40-daqiqada Artur Gevorkyan tomonidan urilgan. "Paxtakor" futbolchilarida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo‘lsada, poytaxtliklar amalda buning uddasidan chiqa olishmadi.

Shu tariqa "Nasaf" O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

O‘yin yakunida Farhod Magomedov jamoa sardori Artur Gevorkyanga O‘zbekiston superkubogini topshirdi.

O‘zbekiston Superkubogi
"Nasaf" - "Paxtakor" — 1:0
Gol: Gevorkyan (40)
"Nasaf": Quvvatov, Karimov, A'zamov, Boydullayev, Muhammadiyev, Rahmatov, Rahmatullayev, Abdurahimov, Abduxoliqov, Gevorkyan, Shomurodov.
"Paxtakor": Ribkin, Hoshimov, Boltaboyev, Tojiyev, Ismatullayev, Ahmedov, Iskanderov, Karimov, Andreyev, Masharipov, Sergeyev.
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Ko‘proq yangiliklar: