MDH davlatlari muhojirlaridan barmoq izlarini olishadi

Jamiyat 17:57 / 17.02.2016 2922

MDHning vizasiz davlatlarida mehnat muhojirlaridan Rossiya chegarasini kesib o‘tishda barmoq izlari olinadi. Buning uchun, Rossiya Davlat dumasi deputatlari parlamentning quyi palatasiga, 18 fevral kuni ko‘rib chiqishga topshirilgan doktiloskopiyaga oid qonunni qo‘llab quvvatlashlari kerak bo‘ladi.

Hujjatning tushuntiruvchi xatida yozilishicha, xozirda qonun bo‘yicha chet elliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga, agarda ular Rossiya hududida yashashsa va harbiy xizmatni o‘tashsa, agar ular Rossiyaga boshpana so‘rab kelgan bo‘lsa va federatsiya hududida noqonuniy istiqomat qilayotgan bo‘lsalar majburiy doktiloskopiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari, vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma olganlar: ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent egalari va boshqa tur muhojirlari doktiloskopiyadan o‘tishadi.

"Rossiyada chet elliklar tomonidan jinoyat sodir qilinmaydi deb bo‘lmaydi, shu hollarda ma'lumotlar bazasiga barmoq izlari kiritilmagan chet elliklar, qonunni himoya qilish organlari ularning shaxsini aniqlash bo‘yicha kerakli tergov ishlarini amalga oshirmasdan oldin Rossiya hududini tark etishga urinishadi", - deb fikr bildirishdi deputatlar.

"Rossiya hududiga kirishda doktiloskopik tizim qo‘llanishi orqali esa, shunday shaxslarni o‘z vaqtida qo‘lga olish va tegishli choralar ko‘rishni ta'minlaydi" - deyiladi tushuntiruvchi xatda.

Ko‘proq yangiliklar: