Amerikaning mashhur tez pishar ovqatlar tizimi McDonald's Janubiy Koreyada pivo sotishni boshlashini bildirdi. Hozircha bu loyihaning muqaddimasi, pivo faqatgina Seulning Pano shaharchasidagi bitta restoranda sotiladi.
Shaharchaning markazida joylashgani va mijozlarining aksariyati yoshi katta kishilar ekanligi ayni shu restoranning tanlanishiga sabab bo‘ldi. Bu - Osiyo tezkor ovqatlanish tizimida alkogol sotish bo‘yicha ilk tajribadir. Qolaversa, Janubiy Koreya bunday tajribalar uchun eng munosib joy, chunki Janubiy Koreyani “Osiyo Irlandiyasi” deb ham atashadi.
Lekin mijozlar pivo olishlari uchun qoidalar ham mavjud: u faqat gamburger bilan birga sotiladi va hujjatlarni ham ko‘rsatish shart.
Janubiy Koreyada 19 yoshdan spirtli ichimliklar sotib olish va ichish mumkin.