Rossiya Interpol Bosh kotibiyatiga, YuKOSning sobiq boshlig‘i Mixail Xodorkovskiyni, xalqaro qidiruvga berish bo‘yicha murojaatni inkor qilgani sabab shikoyat bilan chiqmoqchi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar bergan.
"Negaki inkor qilish bo‘yicha qaror, maxsus qoidalar buzilib qabul qilingan bo‘lib, jarayonda qidiruvga bergan tomonning siyosiy sabablari bor-yo‘qligini aniqlovchi maxsus mustaqil hay'ati chetlab o‘tilgan. Rossiya yaqin kunlarda Interpol boshqarmasiga tegishli shikoyat bilan chiqadi" - deyiladi manbada.
Uning gaplariga ko‘ra, Moskva YuKOSning sobiq boshlig‘ini qidiruvga berish bo‘yicha ishni qatiy tartibda ko‘rib chiqishlarini talab qiladi.
Bundan oldinroq, Rossiya Bosh prokurori Yuriy Chayka, Bosh prokuratura Mixail Xodorkovskiyni Interpol bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilishiga erishmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.