«Oskar» mukofotini bir necha yillardan buyon qo‘lga kirita olmayotgan aktyor Leonardo di Kaprioga bag‘ishlab Londonning The Line studiyasi Red Carpet Rampage («Qizil yo‘lakdagi g‘azab») nomli brauzer videoo‘yinini yaratdi.
O‘yin ranner (“qochish-quvlash”) shaklida bo‘lib, uning mazmuni bo‘yicha Leo o‘zi erisholmagan statuetka ortidan quvlaydi, quvish chog‘ida boshqa mukofotlarni oladi va paparatsiyadan qochadi.
O‘yin davomida aktyor o‘zi ishtirok etgan filmlar hamda “Oskar” mukofotiga taalluqli turli hazillarga duch kelish mumkin.
Yugurish paytida mukofotning boshqa nomzodlari — Stiv Jobs ko‘rinishidagi Maykl Fassbender va astronavt obrazidagi Mett Deymonni ham uchratish mumkin.